
Milan grandlari "Barselona" futbolchisi uchun kurashadi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Milan” va “Inter” klublarining qiziqishlar markazida bo‘lib turibdi. Ammo, bundan avvalroq Rakitich “Sevilya”ga qaytish istagida ekanligi haqida xabar tarqalgan edi.
Ivan Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3 ta goliga assistentlik qildi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar