"Milan" Donnarummaga 6,5 mln evro taklif qildi, Rayola ko‘prog‘ini istayapti

  • 14 noyabr, 2020, 17:53
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Milan" o‘z darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jamoa direktori Ivan Gazidis 21 yoshli posbonga yiliga 6,5 mln evro maosh taklif qildi, italiyalik darvozabonning agenti Mino Rayola qat’iy ravishda 7,5 mln evro talab qilmoqda. Tomonlar 7 mlnga kelishishi kutilmoqda.

Donnarumma 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan amaldagi bitimiga ko‘ra, yiliga 6 mln evro ishlab topadi.

Milanliklar shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishni xohlamoqda.

Bundan tashqari, Rayola "rossonerilar" ChLga chiqmaydigan bo‘lsa, darvozabonning shartnomasidagi tovon puliga o‘zgartirish kiritishni maqsad qilgan, ammo klubning texnik direktori Paolo Maldini va sport direktori Frederik Massara bu qarorga qarshi bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!