"Milan" "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 21 iyul, 2020, 08:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Huquqiy jihatdan "Barselona"ga tegishli bo‘lgan "Betis" o‘ng qanot himoyachisi Emerson yozda "Milan"ga o‘tishi mumkin.

Tecno

21 yoshli braziliyalik futbolchining "rossonerilar" tarkibiga o‘tish ishlari muvaffaqiyatli davom etmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Emersonning "Betis" bilan ijara shartnomasi 2021 yil iyunigacha amal qiladi, ammo "Barsa" futbolchini 6 million evroga qaytarib olib, uni "Milan"ga sotib yubormoqchi. Shuningdek, Andalusiya klubi futbolchining transferidan 50 foiz ulush olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!