
"Midlsbro" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Angliyaning “Midlsbro” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Garri Monkni o‘z lavozimidan ozod etdi. Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha “Midlsbro” akademiyasi murabbiyi Kreyg Liddl jamoani vaqtincha boshqarib turadi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Monk APLdan Chempionshipga ravona bo‘lgan jamoani joriy yilning 9 iyunida qabul qilib olgan edi. Ta’kidlash lozimki, u faoliyati davomida «Suonsi Siti» hamda «Lids Yunayted» kabi jamoalarni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, “Midlsbro” joriy mavsum Chempionshipda hozircha 23 turdan so‘ng 35 ochko to‘plab, 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar