
"Metallurg" kamida yana ikkita yangi o‘yinchi olmoqchi
Bekobodning “Metallurg” klubi selektsiyada faol ishlayapti.
Jamoa rahbariyati hozirga qadar 9 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzishga ulgurdi. Jumladan, Abbos Otaxonov, Islom Isoqjonov, Hakimxon A’lamxonov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Davron Anvarov, Zabihillo O‘rinboev, Ergash Ismoilov, Shoxnazar Norbekov va Fozil Musaev.
Selektsiya ishlari esa bu bilan tugagani yo‘q. Ayni paytda qator izlanishlar olib borilyapti. Sports.uz saytiga ayon bo‘lishicha, “Metallurg” yana hech bo‘lmaganda ikkita transferni amalga oshirish payida. Markaziy himoya hamda yarim himoya chizig‘iga bittadan o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.
Jamoaning ispaniyalik bosh murabbiyi Luisma Ernandes esa ertaga etib kelishi kutilmoqda. “Metallurg” reja bo‘yicha 11 yanvardan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Fikrlar