Messining Runi haqidagi fikrlari qanday?

  • 25 oktabr, 2024, 12:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi haqida gapirdi.

Tecno

“Men Runini doim hurmat qilganman. Men uchun u o‘z davrining  buyuk ingliz futbolchisi. Uning maydonda qila oladigan narsasi o‘ziga hos. Runi Evropaning istalgan klubini kuchaytira oladigan kam sonli futbolchilardan biri edi", - dedi argentinalik futbolchi Manchester Yunayted Forever nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yil yozgi transfer oynasida PSJdan "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum floridaliklar tarkibida 19 ta uchrashuvida qatnashib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning dekabrigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!