
Messining Raulga etib olishiga bir qadam qoldi
Xabaringiz bor kecha “Barselona” forvardi Lionel Messi EChL yarim finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga (3:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va jamoasining yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.
E’tiborlisi, “Liverpul” Messi uchun Chempionlar ligasida gol urgan 32-jamoa bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli argentinalik futbolchi shu paytgacha EChLda jami 37ta turli xil jamoalarga qarshi maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Messi Chempionlar ligasida turli jamoalarga gol urish bo‘yicha faqatgina “Real”ning sobiq hujumchis Rauldan ortda qolmoqda. Ispaniyalik futbol yulduzi faoliyati davomda EChLda jami 33ta turli hil jamoalar darvozsini ishg‘ol etgan.
Agar Messi yana bir necha mavsum bemalol to‘p surishini inobatga olsak, u Raulning rekordini yangilash imkoniyatiga ega.
Fikrlar