Messining libosi auktsionda katta narxga sotildi

  • 17 yanvar, 2023, 08:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" futbolchilarining so‘nggi o‘yinlarda kiygan liboslari auktsionga qo‘yildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 17 nafar o‘yinchi kiygan forma kimoshdi savdosi orqali sotilgan. Xususan, Lionel Messining "Anje"ga qarshi bellashuvda foydalangan libosi xitoylik inson tomonidan 43 623 evroga xarid qilingan.

Bu orqali argentinalik yulduz eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. Undan keyin Kilian Mbappening "Lens" hamda "Strasburg" jamoalariga qarshi uchrashuvlarda kiygan liboslari turibdi. Ular mos ravishda 14 083 va 15 017 evroga sotib olingan. Neymarning formasi o‘z xaridoriga 7894 evroga tushgan.

Parijliklar ayni paytda 47 ochko bilan Frantsiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!