Messining kallasi joyida emas...

  • 9 iyun, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ sobiq futbolchisi Jerom Roten argentinalik yulduz Lionel Messini Parijdagi faoliyatini keskin tanqid qildi.

Tecno

- Messi mashg‘ulotni tashlab ketgan kunni eslaysizmi? Klub uning bu qilig‘ini kichkina jarohati borligi bilan izohlab, muammoni yashirishga urindi. Lekin bu yolg‘on.

Sabab nima edi? Messiga mashg‘ulot jarayonida berilgan ko‘rsatmalar malol kela boshlagan. Uning kallasi joyida emas. Shuning uchun ham mashg‘ulotni to‘xtatdi. Kiyim almashtirish xonasiga qaytdi, dush qabul qildi va ketib qoldi.

Uning bu xatti-harakatlari murabbiyni va jamoadosh do‘stlarini qanchalik “hurmat” qilishini ko‘rsatdi. U ko‘pincha mashg‘ulotlar tempini o‘zgartirishga urindi, ertalab mashq qilishni istamasdi.

Buni bir necha marotaba aytib, ertalabki mashg‘ulotlar befoyda ekani va kunning ikkinchi yarmida mashq qilish kerakligini ta’kidlagan edi. Lekin murabbiylar shtabi buni inobatga olmadi. Bu holat Messi jamoaga moslashmaslik uchun ko‘p narsani o‘zgartirishga harakat qilganini ko‘rsatadi, - dedi Jerom Roten.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!