
Messiga darrov eng badavlat klubdan ish chiqdi
PSJ bilan xayrlashgan Lionel Messi uzoq vaqt ishsiz qolmasligi aniq. Argentinalik yulduz oldida keyingi ish joyini to‘g‘ri tanlash vazifasi turibdi.
Matbuotning yozishicha, hozirning o‘zida jahon chempionini “Inter Mayami”, “Barselona”, “Al-Hilol” va “Chelsi” kutmoqda.
Taniqli jurnalist Pablo Gravellonening ma’lum qilishicha, 35 yoshli futbolchiga “Nyukasl” ish berishga tayyor.
“Nyukasl” saudiyaliklar investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin dunyoning eng badavlat klubiga aylandi. Shayxlar katta transferlar orqali jamoani superklub darajasiga ko‘tarmoqchi. Har holda ikki mavsum davomida “Nyukasl” autsayder jamoalar safidan chiqib, joriy chempionatni to‘rtinchi o‘rinda yakunladi va uzoq tanaffusdan keyin Chempionlar ligasida qatnashadigan bo‘ldi.
Endi “Nyukasl” rahbariyati katta maosh evaziga Lionel Messini olib kelmoqchi. Argentinalik yulduz oldida murakkab tanlov turibdi.
Fikrlar