
Messi va Suares yana birga o‘ynashi kutilmoqda
Lionel Messi eng yaqin do‘sti Luis Suares bilan yana bir jamoada o‘ynash imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Devid Bekxem har ikki futbolchini o‘zi egalik qiluvchi “Inter Mayami” jamoasiga taklif qilishni rejalashtiryapti. Biroq, buning uchun Bekxem 2022 yilning yozigacha kutishi kerakligi aytilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Lionel Messi yozda Luis Suaresning “Barselona”dan ketkazilishiga qarshi bo‘lgan edi. Argentinalik hujumchining o‘zi ham Kataloniya klubida qolishi kafolatlagani yo‘q. U o‘z qarorini yozda e’lon qilishini bildirdi.
Fikrlar