
Messi va Ronaldu EChLda hafta futbolchisi bo‘lishga nomzod
Xabaringiz bor joriy hafta Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahslari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti esa hafta futbolchisiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu nomga Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Lionel Messi ("Barselona"), Sadio Mane ("Liverpul") va Leroy Sanelar ("Manchester Siti") o‘zaro kurash olib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi “Atletiko”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi, argentinalik yulduz esa kecha "Lion" darvozasiga 2ta gol urishdan tashqari jamoasining yana 2ta goliga ham assistentlik qildi, senegallik futbolchi esa "Bavariya"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi, germaniyalik iqtidor egasi esa "Shalke"ga qarshi bahsda 1ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
G‘olib nomi esa UEFA rasmiy saytida o‘tkaziladigan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Fikrlar