
Messi turganda Benzema “Oltin to‘p”ga munosib emas!
Mavsumni juda yuqori saviyada o‘tkazayotgan “Real” hujumchisi Karim Benzema bu galgi “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar hisoblanmoqda.
Lekin “Atletiko” hujumchisi Luis Suares ko‘pchilikning fikriga qarshi chiqdi. Urugvaylik to‘purar “Barselona”da birga o‘ynagan do‘sti Lionel Messini hammadan ustun qo‘ymoqda.
- Bu mavsum uchun “Oltin to‘p”ni Karim Benzama olishi kerak. Biroq, shaxsan men uchun bu sovrin faqat Lionel Messiga berilishi kerak. Chunki Leo dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi, - dedi Luis Suares.
Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyati davomida “Oltin to‘p”ni eng ko‘p – etti marta qo‘lga kiritgan.
Karim Benzema oldida bitta uchrashuv turibdi. Agar frantsiyalik to‘purar 28 may kuni bo‘ladigan Chempionlar ligasi finalida ham o‘zini ko‘rsatsa, bu galgi sovrin shubhasiz unga nasib qiladi.
Fikrlar