
Messi o‘zining sirini ochdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi o‘z o‘yiniga baho berdi. Argentinalik yulduz faoliyati davomida o‘zi qoniqmagan o‘yinlari ko‘p bo‘lganini tan oldi.
- Albatta, menda ham rasvo o‘yinlar ko‘p bo‘lgan. Kamadan kam hollarda o‘z harakatlarimdan qoniqqanman. O‘zimga ko‘proq talabchan bo‘lishim kerakligini bilaman, - dedi Lionel Messi.
Messi faoliyati davomida mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p”ni etti marotaba qo‘lga kiritgan yagona o‘yinchi hisoblanadi.
Bundan tashqari, argentinalik futbolchi jahon chempionligidan tashqari o‘zi qatnashgan deyarli barcha turnirlarda g‘olib chiqqan.
Fikrlar