Messi muxlislarini g‘azablantiradigan gaplar! Sobiq darvozabon Leoni boshqa bir afsona bilan taqqosladi

  • 27 dekabr, 2022, 21:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aleksandr Filimonov Lionel Messi va Diego Maradonani taqqosladi. 

"Hozir hamma Messi va Maradonani solishtirmoqda. Biroq yoshlar faqat Lionelni ko‘radi. Shu sababli, bu ikki futbolchini holis tarzda taqqoslash qiyin. Ikkalasiing ham o‘yiniga e’tibor qaratsak, Maradona yaxshiroq va yorqinroq edi. 

Messi ko‘proq jamoaviy o‘yinchi. Men uning afzalliklarini zarracha ham kamaytirmoqchi emasman. Maradona barchasini o‘zi hal qila olardi. 1986 yilgi mundial buning yaqqol misoli", - dedi "Spartak" va Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni. 

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 1986 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Maradona o‘sha turnirda 5 ta gol urib, mundilaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!