
Messi mundialda antiqa butsada o‘ynaydi (foto)
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatar maydonlarida to‘p tepish uchun maxsus butsaga ega bo‘ldi.
Etti karra “Oltin to‘p” sohibi jahon chempionatida o‘zi kiyadigan oltinrangli butsani namoyish qildi.
Bu butsa oltin rang bilan qoplanganidan tashqari, unga 10-raqam ham singdirib yuborilgan. Bu rang Qatarda qadrlanishi ham aytilmoqda.
Butsaning bu modeliga The Adidas X Messi 2022 World Cup Speedportal, deb nom berildi.
Argentina terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan kuch sinashadi.
Fikrlar