
Messi kelajagi borasida tanlov qildi
PSJ hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsum uchun rejalari haqida bir qarorga keldi.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi parijliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar yangi bir yillik shartnoma imzolashga qaror qilgan. Shu tariqa futbolchining "Barselona"ga qaytishi amalga oshmaydi.
Shundan so‘ng hujumchi MLSga ko‘chib o‘tadi va u erda "Inter Mayami"da o‘ynaydi.
Lionelning PSJ bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Jahon chempioni joriy mavsumda klubi safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 17 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar