Messi ham o‘z qit’asida tengsiz, deb topildi

  • 3 fevral, 2021, 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) Janubiy Amerikaning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilarni aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, KONMEBOL mintaqasida oxirgi 10 yillikning eng zo‘r futbolchisi, deb “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi tan olindi.

Kuchli uchlikdan ikki braziliyalik futbolchi – Neymar (PSJ) va Dani Alves (“San-Paulu”) joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Evropada so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!