
Messi “tezlikni” oshirdi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi “Malorka” darvozasiga bitta gol urib, ikkita golli pas uzatdi.
Endi Leo hisobida La Ligada o‘tkazilgan 23 ta uchrashuvda 20 ta gol va 14 ta golli pas bor. U “gol+pas” tizimi bo‘yicha Ispaniyada yakka peshqadamga aylandi. Evropaning kuchli chempionatlari vakillari orasida esa 34 ochko jamg‘argan “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Keyingi pog‘onalarda 33 tadan ochko jamg‘argan Bundesliga yulduzlari Timo Verner, Jeydon Sancho va Robert Levandovski bormoqda.
Fikrlar