
Messi eng yomon o‘yinchi!
Futbolga sun’iy intellektni tadbiq etish bilan shug‘ullanadigan Olocip xalqaro kompaniyasi Lionel Messining o‘yinini tahlil qilib chiqdi.
Mazkur kompaniyaning dalolat berishicha, argentinalik yulduz faoliyati davomidagi eng yomon mavsumini o‘tkazayotgan ekan.
Tahlildan olingan natijalar Lionel Messi golli vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha juda past ko‘rsatkichlarni qayd etayotganini aniqladi. Frantsiya chempionatida faqatgina “Renn” hujumchisi Gaetan Labord Messidan past natija ko‘rsatgan.
Argentinalik futbol yulduzi joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 17 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini atigi ikki marta ishg‘ol qildi xolos.
Fikrlar