
Messi bu voqeani bir yil kutdi
Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati saralash turniri doirasida Ekvador va Boliviyaga qarshi o‘tkaziladigan rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish uchun chaqirtirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bosh murabbiy Lionel Skaloni tarkibga 28 nafar futbolchini kiritdi. Ular orasida “Barselona” sardori Lionel Messi ham bor.
Lionel Messi terma jamoa tarkibida oxirgi marotaba 2019 yili Amerika Kubogi doirasida maydonga tushgan edi. O‘sha musobaqada uchinchi o‘ringa o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Argentina sardori mintaqaviy futbol konfederatsiyasi – KONMEBOLni tanqid qilgani uchun uch oyga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Argentina terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:
Fikrlar