
Messi "Barselona" tarixiga kirdi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 35-turida “Barselona” o‘z maydonida “Levante”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa ular mavsum yakunlanishiga 3ta tur qolganida muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishdi.
E’tiborlisi, bu kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi uchun faoliyatidagi 10-chempionlik tituli bo‘ldi. Mister Chip nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi “Barselona” safida La Liga chempionligini eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum Ispaniya chempionatida hozircha 32ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 34ta gol urdi.
Fikrlar