
Messi "Barselona" prezidentligi uchun ovoz berdi (FOTO)
Bugun “Barselona”da prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu lavozimga 3 ta nomzod – Joan Laporta, Viktor Font va Toni Freysh kurash olib bormoqda.
Hozirgi paytga kelib klubning 9,78% a’zolari ushbu saylovda ovoz berdi. Ovoz beruvchilarning aksariyati o‘z ovozlarini elektron pochta orqali yubormoqda.
“Barselona”ning ayrim futbolchilari ham ovoz berib ulgurdi. Jumladan Lionel Messi ham. Argentinalik futbolchi saylovga o‘g‘li Tyago bilan birga keldi.
Ma’lumot uchun, ovoz berish jarayonlari Toshkent vaqti bilan soat 01:00 ga qadar davom etadi.
Fikrlar