
Messi "Barselona" bilan butun umrlik shartnoma imzolashi mumkin
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoada qolishi mumkin. Bu haqda El Confidencial nashri xabar bermoqda.
Yaqindagina klub prezidenti etib saylangan Joan Laporta 33 yoshli argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Ammo yangi kelishuvda Leoning maoshi kamayadi. Bunday harakat boshqa o‘yinchilarga umumiy inqiroz va klubning iqtisodiy muammolari sharoitida moliyaviy talablarini kamaytirishga ta’sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, Laporta Messining "Barselona" bilan umrbod shartnoma imzolashini va faoliyatini tugatgandan so‘ng Kataloniya tarkibida ishlashini xohlamoqda.
Messi joriy mavsum "Barselona" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 27 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar