
Mertens qishda "Chelsi"ga o‘tmaydi
"Napoli" forvardi Dris Mertens davralar oralig‘ida hech qaerga ketmaydi.
Belgiyalik futbolchi "Chelsi"dan bo‘lgan taklifni rad etgan. Dialy Mail nashrining ma’lum qilishicha, Mertens mavsum oxirigacha Italiyada qolmoqchi. Bundan tashqari, “Napoli” 33 yoshli futbolchini 30 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Dris Mertens joriy mavsum A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar