
Mertens "Napoli" tarixida etakchiga aylandi (FOTO)
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Belgiyalik futbolchi Italiya kubogining yarim finali doirasida "Inter" (1:1) ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va bu uning neapolliklar safidagi 122-goli bo‘ldi.
Shu tariqa, Mertens jamoaning sobiq a’zosi Marek Gamshikni (121 ta gol) ortda qoldirdi. Bu borada uchinchi pog‘ona Diego Maradonaga (115 ta gol) tegishli!
Bundan tashqari, belgiyalik "Napoli" safida 311 ta bahs o‘tkazgan va bu borada sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Ushbu ro‘yxatni jamoa safida 520 ta bellashuvda maydonga tushgan Marek Gamshik boshqarib turipti.
Fikrlar