
Menga “Real” yoki “Bavariya”ni beringlar!
“Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel ayni paytda ishsiz yurganiga qaramay, unga katta klublardan taklif bo‘lishi kutilmoqda.
Bayern & Germany nashrining ma’lum qilishicha, 49 yoshli mutaxassisning o‘zi ikki grand klubda ishlashga moyilligini bildirdi.
Tuxelga “Bavariya” va “Real” variantlari ma’qul kelmoqda.
Tuxel “Chelsi”ga qadar Bundesligada “Borussiya Dortmund” va bir necha nemis jamoalarini, shuningdek, Frantsiya chempionatida PSJni boshqargan.
Fikrlar