
Men “Manchester Yunayted”ni shon-shuhratga qaytaradigan odamman!
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag rasmiy debyut uchrashuvida o‘rtamiyona klubdan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, jamoaga Angliya va Evropa futbolidagi shon-shuhratni qaytarishiga qattiq ishonmoqda.
- Men “Manchester Yunayted”ni shon-shuhratlarga qaytara olamanmi? Albatta, men bunga aminman. Avval ham hamma joyda shu ishni qilganman.
Muxlislar g‘olib jamoani ko‘rishni istaydi. Men shuning uchun ham shu erdaman. Lekin bu jarayon vaqtni talab qiladi, - dedi Erik ten Xag.
“Manchester Yunayted” so‘nggi marotayuhba 2013 yili Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. O‘shanda jamoani ser Aleks Fergyuson boshqaradi. Manchesterliklar Chempionlar ligasi bosh sovrini oxirgi marta 2008 yilda qo‘lga kiritgan.
Fikrlar