Men endi avvalgi Messi emasman!

  • 25 iyun, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan Lionel Messi “Barselona”dan PSJga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘yini pasaygan bo‘lishi mumkinligi tan oldi.

Tecno

- Men 36 taga kirdim va bir necha yil oldin “Barselona”da o‘ynaganim darajasida to‘p tepa olmayman.

Parijdagi ilk mavsum turli sabablarga ko‘ra, men uchun juda murakkab bo‘ldi. Keyingisida o‘zimni ancha yaxshi his qildim va ancha xotirjam bo‘ldim.

Jahon chempionati men uchun muhim rol o‘ynadi. U mavsum o‘rtasida tashkil etilgani bois hamma uchun o‘zgacha bo‘ldi. Kimlardir klubga kech qaytdi, huddi bizga o‘xshab, boshqalari qo‘shimcha ta’til oldi, yana kimlardir shikastlanib, safdan chiqdi. Bu holat jamoalarning o‘yin rejalariga ta’sir qildi. Chunki Neymar kabi muhim o‘yinchilar jarohat oldi.

Eng asosiysi, jahon chempionatining mavsum o‘rtasida o‘tkazilgani milliy chempionat va Chempionlar ligasidagi o‘yin darajasigacha ta’sir o‘tkazdi. Mundialdan qaytganlar hech o‘ziga o‘xshamay o‘ynadi, - dedi Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!