"Men bilmagandim" - "Lokomotiv" yutgan o‘yindan so‘ng iste’foga chiqarilgan Korostichenko Jeparov haqida gapirishni nega istamadi?

  • 29 avgust, 2022, 21:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy chempionatda bir qator klublarimizda bosh murabbiylar o‘zgartirildi. Qizig‘i, bu hol hamon davom etyapti. Oxirgi iste’fo “Lokomotiv”da yuz bergan bo‘lib, unda Denis Korostichenko egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tecno

Bilsangiz kerak, Denis Vladimirovich joriy yil boshida “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Bu uning Superligada bosh murabbiy sifatidagi debyut mavsumi edi. Ammo “temiryo‘lchilar” bilan mavsumni oxirigacha etkazib qo‘yish unga nasib qilmaydigan bo‘ldi. Avvalo, Korostichenko iste’foga chiqarib yuborilishi yuzasidan saytimiz muxbiriga o‘z fikrini bildirar ekan, bu haqida bilmaganini aytdi.

"Men bilmagandim. Aytishim kerakki, bu holat kutilmaganda yuz berdi. “Nasaf”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgandik. Shu jarayon davom etayotgan bir paytda kutilmagan vaziyatda menga iste’fo haqidagi qarorni aytishdi", - deydi, “Loko”ning sobiq bosh murabbiyi.

denis korostichenko1_3

“Lokomotiv” Korostichenko boshchiligida chempionatda 16 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba, 2 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Hisobida 17 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-pog‘onada turibdi. Balki klub rahbariyatini ushbu natijalar umuman qoniqtirmagandir. Aslida yodingizda bo‘lsa, birinchi davradan keyin ham “Lokomotiv”da bosh murabbiy o‘zgarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo rahbariyat ikkinchi davrada ham Korostichenkoga yana ishonch bildirishga qaror qildilar. Shuningdek, “Loko”da uzoq vaqtli g‘alabasiz seriya ham qayd etilmayotgandi. Har qalay ikkinchi davrani klub g‘alaba bilan boshlagani yodimizda. Qiziq, Korostichenko murabbiy sifatida ish jarayonida qaerda xatoga yo‘l qo‘ydi ekan? Bu masalaga uning o‘zi shunday dedi:

"O‘ylashimcha, murabbiy sifatidagi falsafamni jamoa o‘yiniga singdirishga tatbiq etishga uringanim, chiroyli va to‘g‘ri futbol namoyish etishga harakat qilgan chog‘imda adashdim. Lekin bunga ko‘p vaqt ketadi. Superligada esa natija doim kerak. Ehtimol, natijalar ko‘rsatishim kerakdir. Shu holatda men qaerdadir adashdim".

denis korostichenko_3

Yana bir qiziq vaziyat shundaki, Denis Korostichenko jamoasi bilan g‘alaba qozonganidan keyin iste’foga chiqarib yuborildi. Odatda, klub salbiy natijalar ko‘rsatayotganda, ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchrayotgan mahalda vaziyatni o‘zgartirish uchun bosh murabbiy o‘zgartiriladi. “Lokomotiv” klubi O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1\8 finalida “Bunyodkor”ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadan chiqarib yuborgandi. Lekin bu g‘alaba ham Korostichenkoni iste’fodan saqlab qola olmadi.

"Bilmadim, ehtimol yuqoridagi rahbariyat meni bundan buyog‘iga natija ko‘rsata olmaydi, degan xulosaga kelishgandir, - deya bu vaziyatga munosabat bildirdi", Denis Vladimirovich.

denis32_1

Rahbariyat baribir bosh murabbiyni o‘zgartirdi. Endi Server Jeparov “Lokomotiv”da ushbu lavozimda ishga kirishdi. Korostichenkodan Jeparov klubda ish boshlagan chog‘ida keyinchalik o‘rniga bosh murabbiy bo‘lishini bilarmidingiz, deya so‘raganimizda u bu borada nimadir bilishini, ammo aytishni xohlamasligini ma’lum qildi. So‘zining oxirida keyingi rejasi haqida qisqacha gapirdi.  

"Bir-ikki hafta dam olaman. Keyin qaror qabul qilaman. Shu bilan birga klublardan takliflarni kutaman. Ko‘ramiz, klublar menga qanchalik qiziqish bildirisharkin?"

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
30/08/2022 06:00
Таниш - билишсилик бўлгандирда. Бошқа нима ҳам, бўлар эди?
Baxil Alihuja
30/08/2022 10:41
Уртача таркиб билан кучли жамоаларни енггани Коростиченкони интеллекти юкорирок эканлигини исботи!
Baxil Alihuja
30/08/2022 10:40
Денис жуда яхши тренер! Тактик томондан Узбекистонда унга мос тренер булмасаям керак. Уни УФ Ассоциациясига жалб килинса Узбек футболига факат фойда булар эди.