Men “Barsa”dan hech qachon ketmayman!

  • 4 iyun, 2021, 16:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”dan ketishi kerakligi aytilayotgan Jordi Alba faoliyatni oxirigacha Kataloniya klubida qolishini uqtirdi.

Tecno

- Mening klub bilan yana uch yillik shartnomam bor va uni oxirigacha etkaza olishimga ishonaman. Albatta, qarorni klub qabul qiladi, lekin men umrimning oxirigacha “Barselona”da qolishni istayman, - dedi Alba.

Alba 2012 yildan beri kataloniyaliklar sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. U “Barsa” bilan besh martadan milliy chempionat va mamlakat kubogida g‘olib chiqqan. UEFA Chempionlar ligasi, Superkubogida bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Tajribali futbolchi Kataloniya klubiga kelgunga qadar “Valensiya” va “Ximnastik” kabi jamoalarda to‘p tepgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!