
Mbappening tarixiy rekordini "Siti" futbolchisi takrorladi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden PSJ hujumchisi Kilian Mbappening UEFA Chempionlar ligasida o‘rnatgan tarixiy rekordini takrorladi.
Angliyalik futbolchi EChLning chorak finalidan o‘rin olgan “Borussiya” Dortmundga qarshi har ikkala o‘yinda ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Goal nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Mbappe 2016/17 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi chorak finalining har ikkala bahsida ham gol urgan va 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida ushbu ishni ilk bor uddalagan. Frantsiyalik hujumchi o‘shanda 18 yoshda bo‘lgan. Foden esa hozir 20 yoshda.
Fil joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta golga mualliflik qildi.
“Manchester Siti” yarim finalda PSJga qarshi kurash olib boradi. Ushbu jamoalarning dastlabki o‘yini 27 aprel kuni Parijda, javob bahsi 4 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar