
Mbappening obro‘si tushib ketdi
Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasi tugaganidan keyin yozgi transferlar vaqtida “Real”ga ko‘chib o‘tgani uning mamlakatdagi imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Odoxa markazi o‘tkazgan tadqiqotlar ana shunday natija berdi.
So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 54 foizi Kilian Mbappe haqida yaxshi fikrda ekanini ma’lum qilgan. Aprel oyidagi xuddi shu so‘rovnomada 25 yoshli hujumchining tarafdorlari 66 foiz ekani namoyon bo‘lgandi.
Kilian Mbappe Ispaniyada muxlislar mehrini qozonayotgan bo‘lsa-da, frantsuzlarga uning Parijdan ketgani yoqmadi.
Shunga qaramay, Kilian Mbappe bugungi kunda jahon futbolida eng taniqli frantsiyalik charm to‘p ustasi hisoblanadi.
Fikrlar
XOLANDGA QARSHI KURASHARDI
HOZIR REALDA 1DUNYO KIRBLAR YIG'ILGAN HAMMASI UZINI KLUBNI ENG ZURI DEB BILADI
VINISIUS KETSAGINA MBAPPE OCHILIB KETADI
BULMASA RASVO BULADI HAMMASI