Mbappeni nega terma jamoaga chaqirishmadi?

  • 4 oktabr, 2024, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan turli mamlakatlar terma jamoalari murabbiylar shtabi navbatdagi xalqaro uchrashuvlarga jalb qiligadian futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ko‘pchilik kutgan yulduz Kilian Mbappeni tarkibga kiritmadi.

L’Equipe nashrining ma’lum qilishicha, Frantsiya terma jamoasi sardori Madridda qoladi va sport formasini tiklash bo‘yicha ish olib boradi.

Mbappening terma jamoaga chaqirilmaganiga Ispaniya chempionati davomida “Alaves”ga qarshi o‘yinda jarohat olgani sabab bo‘ldi. 25 yoshli hujumchi Chempionlar ligasida “Lill”ga qarshi bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bo‘lsa-da, jismoniy tayyorgarligi maromida emasligi bilinib qoldi.

Frantsiya futbol federatsiyasi bu qarorni futbolchining o‘zi va “Real” rahbariyati bilan maslahatlashib qabul qilgani aytilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!