
Mbappega o‘rinbosar! PSJ 50 million evrolik transfer amalga oshirdi
Dezire Due "Renn"dan PSJ safiga ko‘chib o‘tdi.
Parij klubi 19 yoshli vinger transferini rasman e’lon qildi.
Dezire Due klub bilan 2029 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Jurnalist Fabris Xoukins xabariga ko‘ra, parijliklar "Renn"ga 50 million evro to‘ladi. Shuningdek, ushbu summa bonuslari bilan 60 million evroga borishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Due Liga 1 doirasida 31 uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar