Mbappega 400 million evrolik shartnoma berildi. Kilian uni qabul qiladimi?

  • 19 yanvar, 2024, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappeni ushlab qolishga harakat qilayotgan PSJ rahbariyati 25 yoshli forvardga yangi shartnoma taqdim qildi.

Tecno

RMC Sport nashrining yozishicha, parijliklar o‘z hujumchisiga umumiy 400 million evro maosh ko‘rsatilgan to‘rt yillik bitim taklif qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ayni paytda Mbappe reklamalardan keladigan daromadlarni qo‘shgan holda yiliga 100 million evro atrofida mablag‘ topyapti.

Agar u PSJda qolsa, har mavsum uchun reklama va boshqa bonuslardan tashqari 100 million evroni faqat maosh sifatida oladi.

Solishtirish uchun, “Real” agar Mbappe Madridga ko‘chib o‘tsa, yiliga 30 million evro miqdorida maosh berishi ma’lum qilingan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!