
Mbappe "Real"ning rejalarida yo‘q
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o‘tmaydi, deya xabar berdi "El Chiringuito" nashri. Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi ispan klubining rejalariga kiritilmagan.
Yaqinda Kilian parijliklar rahbariyatidan norozo bo‘lganini bildirdi. Futbolchining fikricha, klub bergan va’dalarini bajarmagan. OAVda hujumchi qishki transfer oynasi paytida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq klub rahbariyat bu mish-mishlarni rad etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Mbappe joriy mavsum barcha klub turnirlar doirasidagi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar