Mbappe “Real”dagi asl maqsadini oshkor qildi

  • 16 iyul, 2024, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aksariyat futbol muxlislari kutgan voqea sodir bo‘lib, Kilian Mbappe “Real” safiga qo‘shildi. Klub o‘zi bir necha mavsum kutgan hujumchining taqdimotini ham yuqori daraja  o‘tkazib bo‘ldi.

Tecno

Kilian Mbappening ham orzusi amalga oshdi. Boshqa klublardan mo‘may daromadli takliflarni olgan 25 yoshli forvard “Real” kelishdan ko‘zlagan maqsadini aytdi.

- Shaxsiy maqsadlari klubnikidan ajralmaydi. Maqsad doimo bitta – sovrinlarni yutish. “Real” mengacha ham chempion bo‘lgan va mendan keyin ham shunday bo‘ladi.

Men buyog‘iga klub men bilan birga g‘olib chiqishini istayman, - dedi Kilian Mbappe.

Kilian Mbappe o‘tgan mavsumni PSJ safida Frantsiya chempioni sifatida yakunladi. “Real” Ispaniya chempionatida g‘olib chiqishdan tashqari, Evropa Chempionlar ligasida ham bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!