
Mbappe nega xet-trikdan keyin Vinisiusni tabriklamadi?
“Real” ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin nihoyat yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ispaniya chempionatining 13-turida madridliklar “Osasuna”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv qahramoni raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan Vinisius Junior bo‘ldi. Muxlisu mutaxassislar uchinchi goldan keyin yuz bergan holatni keng muhokama qilmoqda.
Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” futbolchilari Vinisusni xet-trik bilan tabriklayotgan pallada Kilian Mbappe braziliyalik hujumchining yoniga bormadi va joyida turaveradi.
Bu holat tufayli ijtimoiy tarmoqlarda frantsiyalik futbolchi jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda emasligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, Mbappe uchrashuv davomida o‘yinni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi va jamoadoshlariga deyarli to‘p uzatmadi.
Fikrlar