
Mbappe bu natijani qayd etgan ikkinchi futbolchi
Jahon chempionati final bosqichida Argentina va Frantsiya terma jamoalari kuch sinashdi va unda janubiy amerikaliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, "amaldagi jahon chempionlari" maqomini o‘zlashtirdi.
Frantsiyalik futbolchi Kilian Mbappe mazkur o‘yinda 80, 81 va 118-daqiqalarda gol urib, mundial finalida xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha 1996 yilda Angliya terma jamoasi afsonasi Jeffri Xerstan Germaniyaga qarshi bu ishni uddalagandi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya ketma-ket ikkkinchi marta Jahon chempionatida medal oldi.
Fikrlar