
Mbappe boshqa jamoaga foyda keltirdi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin futbolchini tarbiyalagan “Monako”ga yana 35 million evro to‘lab beradigan bo‘ldi.
RMC Sport nashrining ta’kidlashicha, monakoliklar Mbappening keyingi shartnomasidan shu miqdorda ulush olishi oldindan belgilab qo‘yilgan edi.
Mbappe “Monako” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Parijliklar 2017 yili iste’dodli hujumchini keyinchalik 180 million evroga xarid qilish sharti bilan ijaraga olgan edi. PSJ bu summani ikkiga bo‘lib to‘lagan va keyingi transferdan 35 million evro ulush ajratilishiga kelishilgan.
Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisbiga 39 ta gol va 21 ta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar