Mbappe bir imzo uchun “Real”dan qancha oladi?

  • 14 may, 2024, 15:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe PSJni tark etishini rasman e’lon qilgan bo‘lsa-da, faoliyatini qaerda davom ettirishini oshkor qilgani yo‘q.

Tecno

Ko‘pchilik 25 yoshli hujumchi “Real” safiga qo‘shilishini kutmoqda.

Insayder Fabritsio Romano frantsiyalik futbolchi madridliklar bilan hamkorlik shartnomasini imzolash orqali qancha mablag‘ ishlab olishiga aniqlik kiritdi.

Unga ko‘ra, Mbappening “Real”ni tanlagani uchun beriladigan bonus 100 million evrodan o‘tadi. Biroq bu summa besh yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Garchi bu borada rasmiy xabar tarqatilmagan bo‘lsa-da, Evropa matbuoti “Real” Mbappe bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomani kelishib bo‘lganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!