
Mbappe Afrika Millatlar ligasida qatnashsa bo‘lardi...
Transfermarkt portali kelib-chiqishi Afrika qit’asiga borib taqaladigan eng qimmatbaho yulduzlar ro‘yxatini tuzdi. Bu futbolchilar Afrika terma jamoalarini tanlaganida, hozir Millatlar ligasida to‘p tepayotgan bo‘lardi.
Qiziq tomoni shundaki, jahon futbolining ayni paytdagi eng qimmat o‘yinchilaridan biri hisoblangan Kilian Mbappeda ham boshqa qit’a terma jamoasini tanlash imkoni bo‘lgan.
E’tiboringizga Afrika mamlakatlariga borib taqaladigan qimmatbaho charm to‘p ustalari reytingi havola etiladi.
- Kilian Mbappe (€ 180 mln, Kamerun);
- Bukayo Saka (€ 120 mln, Nigeriya);
3-5. Eduardu Kamavinga (€ 90 mln, Kongo);
3-5. Orelen Tchuameni (€ 90 mln, Kamerun);
3-5. Rafael Leau (€ 90 mln, Angola);
6-7. Vilyam Saliba (€ 75 mln, Kamerun);
6-7. Kristofer Nkunku (€ 75 mln, Kongo Demokratik Respublikasi);
8-10. Alfonso Devis (€ 70 mln, Liberiya);
8-10. Aleksander Isaak (€ 70 mln, Eritreya);
8-10. Randal Kolo Muani (€ 70 mln, Kongo Demokratik Respublikasi).
Fikrlar