
Mavsum davomida birorta ham o‘yinda ishtirok etmagan "Inter" darvozaboni 2-marta maydondan chetlatildi
“Inter” klubi darvozaboni Tommazo Berni joriy mavsum birorta ham maydonga tushmay turib, 2 marta qizil kartochka oldi.
37 yoshli posbon “neradzurrilar” safida 1999-2001 yillarda to‘p surgan va 2014 yilda yana jamoaga qaytib kelgan edi.
Berni kecha bo‘lib o‘tgan A Seriyaning 28-turidan o‘rin olgan “Parma”ga (2:1) qarshi o‘yinda garchi zaxirada qolgan bo‘lsada, 69-daqiqada bosh hakam Fabio Mareskaga e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.
Fikrlar