
Matteo Genduzi "Arsenal"dan ketdi
Frantsiyalik yarim himoyachi Matteo Genduzi "Arsenal"dan ketayotganini e’lon qildi.
"Men hech qachon "Emireyts"ni, muxlislarni va Londonni unutmayman. "Arsenal"da o‘tgan davrlarni doim eslab yuraman. Klub shanini faxr bilan himoya qilishga urundim. Menga ishonch bildirgan barchaga rahmat. "Arsenal" va uning muxlislariga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Men hamisha "kanonir" bo‘lib qolaman", - dedi Genduzi.
22 yoshli Genduzi 2018 yildan buyon "Arsenal" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” safida jami 82 o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Genduzi o‘tgan mavsumni Berlinning "Gerta" klubida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar