
Matich MYu dagi holati haqida: Nima qilishni bilmayapman
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich o‘zining jamoadagi kelajagi borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Ochig‘i, hozir nima qilishni ham bilmayman. Men rahbariyat bilan gaplashdim va so‘nggi daqiqalargacha bor kuchimni ishga solib, professional bo‘lib qolishimni aytdim.
Futbolda nimalar bo‘lishini bilmaysiz. Men va oilam bu erda baxtli, shu bois ketamanmi yoki qolamanmi, keyingi qadam qanday bo‘lishini o‘ylab ko‘ramiz. Qanday qaror qabul qilmaylik, barchasi yaxshilikka bo‘lishiga ishonchim komil”, - deydi serbiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Matich joriy mavsum MYu safida APLda bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar