Mata qiyin tanlov oldida: MYu yoki yiliga 15 million evro maosh?

  • 26 noyabr, 2020, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunaytedning 32 yoshi futbolchisi Xuan Mata qiyin tanlov oldida qoldi. Yoshi o‘tib qolayotgan futbolchi Saudiya Arabistonidan ajoyib taklif oldi. Arab shayxlari uni o‘z chempionatiga olib kelish uchun yillik 15 million evro maosh taklif qilyapti.

Tecno

Mataning shartnomasi joriy mavsumdan keyin yakunlanadi. “Manchester Yunayted” rahbarlari ispan yarim himoyachisining hozirgi maoshini saqlab qolgan holda, kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi.

Xo‘sh, Xuan Mata qay birini tanlaydi, u “Manchester Yunayted”da qoladimi yoki moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun shayxlar taklifiga ko‘nadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!