
Mata: Ko‘zlarimga ishonmayman
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata hali ham “qizil iblislar” safida to‘p surayotganiga ishonmayotganini aytdi.
“Manchester Yunayted” futbolchisi bo‘lish hissi futbolda juda ham kam uchraydigan, noyob tuyg‘u. Ba’zan ertalab turib, Erik Kantona, Jorj Best, Devid Bekxem, Rayan Giggz va Pol Skoulz kabi afsonaviy futbolchilar to‘p surgan jamoa libosini kiyib, ular o‘ynagan maydonda to‘p surayotganimga ishona olmayman. Bular mening bolaligimdagi kumirlarim bo‘lishgan. Ayniqsa, Bekxem, Skoulz va Giggz. Hozir esa men ularning jamoasida o‘ynayapman va bundan faxrlanaman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Mata MYu safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 6 yil ichida 249 ta o‘yinda maydonga tushdi va 48 ta gol urdi.
Fikrlar