
Mashhur nashr "Spartak"ga qarshi o‘yinda gol urgan hamyurtimizni e’tirof etdi
RPL 22-turidan o‘rin olgan "Nijniy Novgorod" - "Spartak" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, moskvaliklar futbolchisi Martins Pereyra hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqada hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasiga 1 ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.
O‘yidan so‘ng statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "Whoscored" nashri ikki jamoa futbolchilarini baholab chiqdi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 7.6 ball to‘plagan holda, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi.
Fikrlar