Mashhur futbolchining mulkiga tushgan o‘g‘rilar hayratdan qotib qoldi
Italiya chempionatidagi eng mashhur hujumchilardan Lautaro Martines noxush holatga duch keldi.
Argentinalik futbolchiga tegishli bo‘lgan Milan shahrining nufuzli tumanida joylashgan Il Coraje restoraniga o‘g‘ri tushdi.
Bu voqea o‘tgan hafta dam olish kuni ro‘y bergan. Qizig‘i shundaki, restoran dam olish kuni ishlamagan. O‘g‘rilar restoranga kirib, kassadan bor yo‘g‘i ming evro topgan. To‘rt nafar noma’lum shaxsning harakatlari videokameriga yozilib qolgan.
Ta’kidlash joizki, “Inter”ning argentinalik futbolchilari restoran biznesiga alohida qiziqish bilan qaraydi. Jamoaga uzoq yillar sardorlik qilgan Xaver Dzanetti ham 2003 yilda Milan shahrida muhtasham restoran ochgan edi.



Fikrlar